
21 fevral kuni u 28 yoshli Klaudiya Veronika Ruis (7-2-1, 0KO)ga qarshi birinchi engil vazn toifasida o'ziga tegishli WBC kamarining ikkinchi himoyasini o'tkazadi. Ushbu jang o'tkazilishini WBC prezidenti Maurisio Sulayman rasman elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Zamorano (13-0, 1KO) oktyabr oyida, hali 17 yoshda bo'lganida, boks bo'yicha ayollar o'rtasida tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylangandi. Bungacha u vaqtinchalik chempionlik kamariga ega edi. Ammo ushbu vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Tina Rupprext nafaqaga chiqqanini elon qilgandan so'ng ko'tarildi va hakamlarning yakdil qarori bilan 41 yoshli yaponiyalik Sanu Xazuki (14-12-1, 7KO)ni mag'lub etib, kamarining birinchi himoyasini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Raqiblarini jangdan qochishda ayblagan Romero endi Devin Xeyni bilan muzokara olib boryapti
Temirov Yaponiyaning RIZIN Ligasi bilan shartnoma imzoladi, ilk jang qachon bo'lishi malum (FOTO)