SportUz.Tv

Mangu 2 turnirining ilk jangi elon qilindi. Furqatbek Yoqubovni ketma-ket ikkinchi musobaqada ham ko'ramiz (POSTER)

03.03.2026 17:18    


Rasmni yuklab olish

25 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 2 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar musobaqa uchun ilk jangni elon qilishdi.

Malum bo'lishicha, 31 yoshli o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov (17-4) bu safar ham oktagonga chiqadi. Yoqubov musobaqa doirasida tojikistonlik Ayyom Xabirov bilan to'qnash keladi. Jang o'ta engil vazn toifasida o'tkaziladi. 

Eslatib o'tamiz, Furqatbek Liganing ilk turnirida ham ishtirok etib, braziliyalik Nildo Nasimentoni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Ayyom Xabirov 29 yoshda. U faoliyati davomida hozirgacha 13 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: