SportUz.Tv

ESPN 2026 yilning ilk og'ir vaznlilar Top-10 reytingini elon qildi

13.01.2026 11:45    


Rasmni yuklab olish

AQSHning nufuzli ESPN portali 2026 yil hisobidan superog'ir vazn toifasida jahonning eng yaxshi bokschilarining ilk reytingini elon qildi.

Reyting tuzuvchilari og'ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO, IBO yo'nalishlari bo'yicha sobiq jahon chempioni, yaqindagina amerikalik bloger Jeyk Polni nokautga uchratgan Entoni Joshuani yana bir bor kuchlilar safiga qo'shdi. 

Aksincha, meksikalik 36 yoshli sobiq jahon chempioni Endi Ruis faol bo'lmagani uchun ro'yxatdan chiqarildi.

EPSN reytingida superog'ir vazn toifasining Top-10 bokschisi:

1. Aleksandr Usik

2. Tayson Fyuri

3. Daniel Dyubua

4. Fabio Uordli

5. Jozef Parker

6. Entoni Joshua

7. Agit Kabayel

8. Filip Xrgovich

9. Mozes Itauma

10. CHjan CHjiley.


Qizig'i shundaki, superog'ir vazn toifasida WBC, IBF, WBA Super, WBO, IBO va The Ring yo'nalishlari bo'yicha sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri bir yildan ortiq vaqt hamon ikkinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: