
"Faoliyatini tugatishini elon qilishidan oldin biz uchrashgandik. U menga "tamom, men tugatdim, sport menga endi kerak emas, barchasiga erishdim va pul ortidan quvmayman", dedi. Unga bu narsalar qiziq emas. Unda kerakli hamma narsa bor. Yaratgan uni asrasin. Men u uchun juda xursandman.
U shunday deganida, men "balki shunchaki aytyaptimi, keyin katta taklif chiqsa, rozi bo'lar" deb o'ylagandim. Lekin u yo'q, dedi. Unga farqi yo'q ekan. Men ishonaman, Terens — so'zida turadigan inson. U aytdiki, istagi — nom qoldirish, sportni barcha zamonlarning eng buyuklaridan biri sifatida, rekordida birorta ham dog' qoldirmasdan tark etish. Men buni hurmat qilaman va unga sog'liq hamda oilasiga farovonlik tilayman.
Agar Terens Krouford eng buyuk bo'lmasa, oxirgi o'n yillikdagi eng buyuk jangchilardan biri. U o'ziga xos yutuqlarga ega, noyob jangchi. Men uchun u afsona. U bilan ringga chiqqanimdan faxrlanaman va u bilan yaxshi munosabatdaman. Jang oldidan ham, jang haftasida ham uni o'rnak bo'ladigan sevimli jangchim deb aytganman. U uchun juda xursandman va faqat eng yaxshi tilaklarni bildiraman", - dedi Madrimov.
Raqiblarini jangdan qochishda ayblagan Romero endi Devin Xeyni bilan muzokara olib boryapti
Temirov Yaponiyaning RIZIN Ligasi bilan shartnoma imzoladi, ilk jang qachon bo'lishi malum (FOTO)