SportUz.Tv

SHara Bullet UFC chempioni bo'lishi mumkin bo'lgan o'zbekistonlik jangchi nomini aytdi

15.01.2026 14:12    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi SHarabutdin Magomedovga "MDH mamlakatlari sportchilari ichida yana kim chempion bo'lishi mumkin?" mazmunida savol berishdi.

Bunga javoban u Bogdan Guskov haqida gapirdi.

"Durrang — yaxshi natija, bu mag'lubiyat emas. Yan Blaxovich bilan tarixni davom ettirish imkoniyati bor. O'ylashimcha, bizni qiziqarli revansh kutib turibdi, uni intiqlik bilan kutyapman. Yan — juda kuchli jangchi, avvallari uni ko'p kuzatganman, janglari yoqardi. Lekin bu erda men Bogdanga muxlislik qilaman, u o'zinikini olishi kerak. Unda yarim og'ir vaznda chempion bo'lish uchun hamma narsa bor", — dedi Magomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: