SportUz.Tv

Akbar Islomboev keyingi jangini Abu-Dabida o'tkazadi, raqib ham malum

17.01.2026 07:48    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Akbar Islomboevning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.

26 yashar hamyurtimiz 31 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan UAE Warriors 67 turnirida ishtirok etadi. Unga o'sha kuni Ozarbayjon vakili Ali Guliev raqiblik qiladi.

Jang musobaqaning co main event (ikkinchi asosiy bellashuvi) maqomida o'tadi.

Malumot uchun, Akbar Islomboev so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida AQSHdagi LFA 219 turniri doirasida avstraliyalik Isaak Tompsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Uning hisobida jami 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor. Akbar bilan tengdosh Ali Guliev esa faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: