SportUz.Tv

Ruslan Abdullaev ishtirokidagi jang beshinchi raundda to'xtatildi

17.01.2026 07:57    


Rasmni yuklab olish

Ayni daqiqalarda AQSHning Kaliforniya shtati, Palm-Dezert shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida charm qo'lqop ustamiz Ruslan Abdullaev o'zining prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazdi. Hamyurtimiz urugvaylik Eduardo Xaver Abreuga qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang beshinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Ketma-ket kuchli zarbalardan so'ng Eduardo nokdaun holatiga tushib qoldi. 

SHu tariqa, Ruslan Abdullaev texnik nokaut evaziga professional boks faoliyatidagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. 37 yoshli Eduardo Xaver Abreu esa ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 18 ta jangdan 14 g'alaba va 2 durang ham bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: