SportUz.Tv

Avliyoxon Hamidovning Mangu MMA 1 turniridagi raqibi elon qilindi (POSTER)

17.01.2026 08:30    


Rasmni yuklab olish

7 fevral kuni "Humo Arena"da MMA bo'yicha Mangu MMA 1 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar tomonidan musobaqaning navbatdagi bellashuvi elon qilindi.

Eng engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi hamyurtimiz Avliyoxon Hamidov turnir doirasida Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Mirmexti Miriev bilan to'qnash keladi.

Avliyoxon hozirga qadar 19 ta jangda qatnashib, 12 g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. Miriev hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Avvalroq, Mangu MMA 1 turnirining ikkita asosiy bellashuvi elon qilingan edi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: