
Rossiyalik prof bokschi Pavel Silyagin supero'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Avvalroq, amerikalik 38 yoshli to'laqonli chempion Terens Kroufordning faoliyatini yakunlagani natijasida kamar bo'sh qolgandi. Ammo meksikalik charm qo'lqop ustalari — Saul Alvares va Xayme Mungiya bu kamar uchun birinchi raqamli davogar Osleys Iglesias bilan jang qilishni istamagandi.
Malumot uchun, Pavel Silyagin hozirda IBF reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.