
CHimaevning menejeri Mahdi SHammas bu xabarlarni rad etdi.
SHammasning Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida malum qilishicha, CHimaev CHechenistonda emas, balki Abu-Dabi (BAA) shahrida va u bilan hammasi joyida.
CHecheniston poytaxtida bir nechta hukumat korteji avtomobillari ishtirokida yirik yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgani haqidagi malumotlar bir qator Telegram-kanallarda paydo bo'ldi. Keyinchalik Rossiya va xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatildi. Ulardan bazilari CHimaev ushbu avtofalokatda halok bo'lgani, boshqalari esa og'ir jarohat olgani va shifoxonaga etkazilganini yozdi.
