
"Menga Eddi Alvares bilan chempionlik jangi uchun shartnoma yuborishdi, men uni imzoladim. Ammo ular Alvaresning Konor bilan jangini elon qilishdi. UFC mendan foydalanib, Alvares Konor bilan jang o'tkazish uchun shartnoma imzolashini taminlashdi. U imzo chekdi, men esa bortda qoldim. Lekin men buni adolatsizlik deb aytmadim. Men ulardan Nyu-Yorkdagi UFC turnirida Dastin Poreni nokautga uchratgan Maykl Jonson bilan jang qilishni so'radim. Men "Medison Skver Garden"da jang qilishni juda xohlardim, Jonson esa allaqachon Top-4`da edi, hozirgina asosiy jangda g'alaba qozondi.
Oxir-oqibat men u bilan mushtlashdim, bu mening va umuman UFC tarixidagi eng ustun chiqishlarimdan biri bo'ldi. Men u erda umuman MMAni o'zgartiradigan nutq so'zladim. Esingizda bo'lsa: "Men sizning jo'jangiz bilan mushtlashmoqchiman. Bu men uchun eng oson jang". Men bu so'zlarni aytdim, o'shanda Konor chiroyli tarzda g'alaba qozondi, men g'alaba qozondim va yana biz tarozi paytida janjallashib qoldik - o'sha erdan hammasi alanga oldi, 2016 yil noyabr. Hozirgi aksariyat muxlislar bu voqeani umuman bilishmaydi", - dedi Nurmagomedov "Udar" telekanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 2018 yil oktyabr oyida Xabib Nurmagomedov engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarining birinchi himoyasini o'tkazdi va to'rtinchi raundda Konor Makgregorni bo'g'ib qo'ydi. Jangdan so'ng rossiyalik irlandiyalikning butun jamoasi bilan mushtlashishi oqibatida to'qqiz oyga diskvalifikaciya qilingan va yarim million dollar jarimaga tortilgandi.

Raqiblarini jangdan qochishda ayblagan Romero endi Devin Xeyni bilan muzokara olib boryapti
Temirov Yaponiyaning RIZIN Ligasi bilan shartnoma imzoladi, ilk jang qachon bo'lishi malum (FOTO)