SportUz.Tv

Bektemir Meliqo'ziev WBA'ga murojaat qildi (VIDEO)

23.01.2026 13:18    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo'ziev super o'rta vazn toifasida WBA chempionligi uchun majburiy davogar bo'lib turibdi.

Garchi yanvar oyi avvalida Meliqo'ziev ushbu yo'nalish bo'yicha kamar uchun majburiy davogar maqomiga erishgan bo'lsa-da, WBA tashkiloti hozircha hamyurtimizning chempion Armando Resendis bilan jangiga buyruq berganicha yo'q.

Bektemir hozirda navbatdagi jangi uchun AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida tayyorgarlik olib bormoqda. U Instagram sahifasi orqali WBA tashkilotiga murojaat qilib, manzilni yuborishlarini eslatdi.

Avvalroq, yurtdoshimiz bilan hamkorlik qiluvchi promouter Oskar De La Xoyya Bektemir Meliqo'zievning tez orada chempionlik jangida ishtirok etishini malum qilgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: