
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Hasanboy Do'smatov ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni puerto-rikolik Jonatan Gonsales raqiblik qiladi.
Etiborlisi, jang o'ta engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari (Interim) uchun o'tkaziladi. Gonsales kamarning amaldagi sohibi hisoblanadi. Do'smatov esa WBA reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Jonatan Gonsales hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.

Yaxshi yangilik! Hasanboy Do'smatov WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi
Tayson Fyuri: "Usik bilan uchinchi jangda g'alaba qozona olgan bo'lardim. Lekin hakamlar..."
Usik faoliyatini yakunlashdan oldin qaysi uch bokschiga qarshi jang qilmoqchi ekanini aytdi