
"Menni bilan vaziyat juda g'alati edi, chunki ular jangni o'tkazishga juda qatiy qaror qilgandek tuyulgandi. Lekin shu bilan birga ular jang bo'yicha hech qanday qadam tashlashmadi. Biz qayta-qayta harakat qildik, lekin ular buni xohlashmadi. SHu vaqt ichida ular mening ismim va rasmimdan foydalanib, "Biz Rolli bilan jang qilamiz" deyishdi... Ularning barchasi shartnoma imzolash vaqti kelguncha astoydil harakat qilishdi. Pakyao mening vaqtimni behuda sarfladi", deydi Romero.
Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko'ra, Menni Pakyao va Rolli Romero o'rtasidagi jang bo'yicha muzokaralar 2025 yil avgustidan dekabrigacha davom etgan. Rolandoning keyingi raqibi Devin Xeyni bo'lishi kutilmoqda.
Avvalroq, Rolli Romero o'zining chempionlik kamariga majburiy davogar SHahram G'iyosovni tanimasligini aytgan edi.