SportUz.Tv

Rossiya va yana sakkiz boks federaciyasi World Boxing tashkilotiga qo'shildi

20.03.2026 11:06    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro havaskor boks federaciyasiga (IBA) muqobil sifatida tashkil etilgan World Boxing ijroiya kengashi Rossiya boks federaciyasining ushbu tashkilotga azo bo'lish haqidagi arizasini maqulladi.

World Boxing press-relizida aytilishicha, tashkilotga Rossiya bilan bir vaqtda Belarus, Kipr, Niue, Mozambik, Papua-Yangi Gvineya, Tanzaniya, Tonga va Zambiya boks federaciyalari ham azo bo'lgan. Bu bilan World Boxing tashkilotiga azo mamlakatlar soni 168 taga etdi.

World Boxing`ning aniqlik kiritishicha, tashkilot Xalqaro olimpiya qo'mitasidan Rossiya va Belarus bokschilarining musobaqalarda ishtirok etishi bo'yicha qo'shimcha tushuntirish olishi kerak bo'ladi. Ular faqat neytral bayroq ostida chiqishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 1946 yildan beri mavjud bo'lgan, 2020 yil oxiridan rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qilayotgan Xalqaro boks associaciyasi (IBA) 2019 yildayoq moliya, boshqaruv va hakamlik bilan bog'liq muammolar tufayli XOQ mandatini yo'qotgandi. 2020 va 2024 yilgi Olimpiadalarda boks turnirlari IBA ishtirokisiz, XOQning vaqtinchalik tuzilmalari nazorati ostida o'tkazildi.

2023 yilda IBA’ga muqobil ravishda Xalqaro boks federaciyasi (World Boxing) tashkil etildi, unga dastlab oltita davlat azo bo'ldi. 2024 yil oxirida XOQ boksni Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarib tashlash bilan tahdid qilib, milliy federaciyalarni yangi tashkilotga qo'shilishga unday boshladi. 2025 yil fevral oyida World Boxing`ni Olimpiya o'yinlariga sportchilarni saralash bilan shug'ullanishga vakolatli tashkilot etib tayinladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: