
2020 yilgi Tokio Olimpiadasi bronza medali sovrindori London (Buyuk Britaniya) shahriga etib bordi. U endilikda Leo’s Gym boks zalida mashg'ulotlar olib boradi.
"Parijdagi Olimpiya o'yinlaridan so'ng qisqa tanaffus qildim va faoliyatimni professional boksda davom ettirish maqsadida Buyuk Britaniya poytaxti London shahriga keldim. Biz allaqachon Leo’s Gym boks zalida murabbiylar bilan birgalikda mashg'ulotlarni boshladik.
In SHa Alloh, yaqin vaqt ichida shartnomalar bo'yicha muzokaralar o'tkazamiz va muxlislar bilan yaxshi yangiliklar bo'lishishga umid qilaman. Endi tinmay mehnat qilib, osmonrang bayrog'imizni baland ko'tarish va Jahon chempioni bo'lish vaqti keldi!", — deb yozgan bokschi Instagram sahifasida.

"Endi bu bilan shug'ullanishni istamayman" - CHisora faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi