SportUz.Tv

Isroil Madrimov dissertaciya ishini muvaffaqiyatli yakunladi!

10.04.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti malum qildi.

"Madrimov Isroil Modraximovich pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertaciya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Boks turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o'qituvchisi Madrimov Isroil Modraximovich 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg'ulotlari, sog'lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha “Havaskor va professional bokschilarning o'ziga xos individual xususiyatlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertaciya ishini O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash yig'ilishida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Isroil Madrimovning ilmiy maqolalari va tezislari respublika va xalqaro ilmiy konferenciya va seminarlari ilmiy to'plamlarda nashr etilgan. Dissertaciya mavzusi bo'yicha jami 7 ta ilmiy-uslubiy ish, jumladan, Oliy Attestaciya Komissiyasi tomonidan doktorlik dissertaciyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta ilmiy maqola (1 ta xorijiy va 2 ta respublika jurnallarida) hamda 4 ta tezis (2 ta respublika va 2 ta xalqaro konferenciya to'plamida) nashr qilingan", deyiladi tashkilot xabarida.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: