SportUz.Tv

Jeyk Pol ligasidagi jangchilarning minimal gonorari elon qilindi

17.04.2026 07:45    


Rasmni yuklab olish

Aralash yakkakurashlar bo'yicha birinchi Most Valuable Promotions turnirida ishtirok etadigan jangchilarning minimal gonorari qancha bo'lishi ko'pchilikni qiziqtirmoqda.

Aytilishicha, eng minimal gonorar 40 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqda Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida tadbir xedlayneri Ronda Rouzi malum qildi.

"Ushbu turnirda men haqiqatan ham faxrlanadigan bir narsa shuki, har qanday jangchi, hatto u katta tajriba hamda faoliyatga ega bo'lmasa-da, 40 ming dollar bilan ketishi mumkin.

Agar siz yiliga uch marta jang qilsangiz, bu yashash minimumidan ancha ko'p, UFC esa buni ayta olmaydi. Umid qilamanki, bugun bu erda o'tirgan har bir kishi o'z faoliyatidagi eng katta gonorarni oladi", - dedi UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni.

Jeyk Polning shu nomdagi promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Most Valuable Promotions turniri 16 may kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadi va Ronde Rouziga aralash jang sanati va kino yulduzi Jina Karano raqiblik qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: