SportUz.Tv

Irji Proxazka birinchi marta ota bo'ldi + FOTO

17.04.2026 14:09    


Rasmni yuklab olish

Karlos Ulbergga qarshi chempionlik jangida muddatidan oldin mag'lub bo'lganidan besh kun o'tib, yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Irji Proxazka otalik baxtiga muyassar bo'ldi.

CHexiyalik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga chaqaloq bilan tushgan suratini joylab, qizi dunyoga kelganini malum qildi.

"Xudo yorlaqasin! Sevgining sof kuchi - yangi tug'ilgan qizim Eleonoraga va uning onasiga, u bugun men hatto mavjudligidan shubhalanmagan aql bovar qilmas kuchni ko'rsatdi.

Ikkinchisi: shu hafta oxirigacha ijtimoiy tarmoqlarda so'nggi jangim haqida ko'rgan bemani gaplarimga izoh beraman, shuningdek, atrofimdagi boshqa "sirtlonlar" va keyingi qadam haqida fikr bildiraman.

Asosiysi - jangda ham, hayotda ham: nimaga ishonsangiz, shunga sodiq qoling va buning uchun kurashishga hamda bor narsangizni qurbon qilishga tayyor bo'ling. Bu aniq hayotimdagi chempionlik jangi bo'ldi va men o'zimni chempiondek his qilyapman", - deb yozdi Proxazka ijtimoiy tarmoqdagi surati ostida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: