
Ularning ikkinchi jangi UFC 323 turnirida Las-Vegasda o'tkazilib, Yanning bir ovozdan g'alabasi bilan yakunlangandi.
"Men matchmeykerlarga: “Agar kerak bo'lsam, jangga tayyorman”, dedim. Bir yil ichida to'rt marta jang qilishim va eng kuchlilar bilan chiqishim mumkin edi. Bu xavf ekanini bilardim, lekin men chaqiriqlarni qabul qilishni yaxshi ko'raman — bu mening xarakterim. Mashg'ulot lagerida turli vaziyatlar bo'ldi. Masalan, ayrim UFC shifokorlari jangdan voz kechishimni aytishdi, lekin bu men uchun emas. O'zimni oqlashni xohlamayman. Oldingi janglar oldidan ham shunday, hatto undan ham yomon holatlar bo'lgan, lekin baribir yutib chiqqanman. Bu safar esa uddalay olmadim", — dedi Dvalishvili MMA Mania’ga.