
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik bokschilar ham ringga ko'tarilishdi. Kechaning asosiy jangida o'rta vazn toifasida kelajagi porloq sifatida etirof etilayotgan charm qo'lqop ustamiz Azizbek Tojiev (8-2-0) afrikalik Mardosh Kuvesa Katembo (17-9-1)ga qarshi ringga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan ishonchli g'alabaga erishdi.
SHuningdek, turnirning asosiy kardida engil vazn toifasida WIBA chempionlik unvoni sohibasi Natalya SHadrina hamyurtimiz Dilfuza Bekovani 8 raund to'liq davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi.
Yarim engil vazn toifasida Rossiya chempionligiga sobiq davogar Ayshat Basirov esa uchinchi raundda yana bir o'zbekistonlik bokschi SHahbozbek Tolibjonov ustidan texnik nokaut bilan g'alaba qozondi.

Dana Uayt Ulbergning jarohatidan so'ng yarim og'ir vazn kamari taqdiri nima bo'lishini aytdi