SportUz.Tv

Jahongir Najmiddinov Xitoyda mo'g'ulistonlik jangchini mag'lub etdi

20.04.2026 19:03    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Jahongir Najmiddinov faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.

Hamyurtimiz Xitoyning SHanxi shahrida o'tkazilgan JCK Kings 013 turnirida oktagonga ko'tarildi.

Unga musobaqa doirasida Mo'g'uliston vakili Gankxuyag Altanshagay raqiblik qildi. Uch raundga mo'ljallangan jang dastlabki besh daqiqada nihoyasiga etdi. Najmiddinov raqibini nokaut orqali taslim etdi.

Malumot uchun, bu Jahongirning faoliyati davomidagi 22-jangida qo'lga kiritgan 12-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida yana 8 ta mag'lubiyat va 2 ta durang ham bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: