SportUz.Tv

Xolmurod Nurmatov Toshkentdagi ACA 203 turnirida jang qiladi + POSTER

29.04.2026 08:27    


Rasmni yuklab olish

8 may kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha ACA 203 turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu oqshomda o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, eng engil vazn toifasi ACA reytingida 12-o'rinni egallab turgan Xolmurod Nurmatov ham ishtirok etadigan bo'ldi. Nurmatovga tojikistonlik Firdavs Zaripov raqiblik qiladi.

Xolmurod Nurmatov faoliyati davomida hozirgacha 26 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba, 10 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Zaripov hisobida esa 7 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: