
Turnir asosiy kardida og'ir vaznli rossiyalik sportchi Aleksandr Volkov Dominikan Respublikasi vakili Valdo Kortes-Akostaga qarshi oktagonga chiqdi.
3 raundlik jang to'liq davom etib, yakunda Volkov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu orqali Aleksandr faoliyatidagi qirqincha g'alabasini nishonladi. Akosta esa bugun o'zining uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.