SportUz.Tv

Ramazon Temirovning vaznida chempionlik jangi o'tkazildi

10.05.2026 08:48    


Rasmni yuklab olish

UFC 328 turnirining ikkinchi asosiy jangi o'z nihoyasiga etdi.

AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahrida joylashgan "Prudential Center" arenasida o'tkazilayotgan turnir co main event'ida myanmalik Joshua Van Yaponiya vakili Tatsuro Tayraga qarshi oktagonga ko'tarildi.

O'ta engil vazn toifasidagi 5 raundlik chempionlik jangi beshinchi raundda muddatidan avval nihoyasiga etdi. Joshua Van raqibini nokaut orqali taslim etishning uddasidan chiqdi.

Bu Joshua uchun ilk kamar himoya jangi edi.

Malumot uchun, mazkur vazn toifasida hamyurtimiz Ramazon Temirov faoliyat olib boradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: