
O'smirlar (U17) toifasidagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili (6 nafar qiz va 10 nafar yigit) final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHubhasiz, bu ishtirokchi davlatlar orasidagi eng yuqori natija bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi 11 nafar finalchi bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni 9 nafar finalchiga ega Hindiston terma jamoasi yakunlab turibdi.
Eslatib o'tamiz, kichik o'smirlar (U15) toifasida ham 21 nafar bokschimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritib, eng yuqori natijani qayd etgan edi.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga U15, 15 may kuni esa U17 yosh toifalarida final janglari bo'lib o'tadi.
"Unda bu narsa yo'q". Masvidal CHimaevning Xabib va Maxachevdan farqini tushuntirdi
World Boxing belaruslik bokschilarga qo'yilgan cheklovlarni bekor qildi, rossiyaliklar esa...
Kamaru Usman: "CHimaev hozir Ankalaev yoki Proxazkaga qarshi jang qilishi kerak emas"