
Bokschi o'g'irlikda ayblanib 25 avgust kuni Texasning (AQSH) Bler okrugi policiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Ksat.com xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, voqea 16 iyul kuni San-Antoniodagi barlardan birida sodir bo'lgan, CHarlo kredit kartasini to'lash uchun ishlatmoqchi bo'lganida kartasi bir necha bor rad etilgan. U oficiantni kartasini o'g'irlamoqchi bo'lganlikda ayblagan, shundan so'ng uni ushlab, naqd pulini va guvohnomasini olib qo'ygan.
Qayd etilishicha, bokschining advokati barcha ayblovlarni rad etdi. CHarlo bugun garov evaziga qo'yib yuborildi.