
Ularning birinchi jangi 2025 yil 14 sentyabrda bo'lib o'tgan va o'shanda Krouford hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
"Krouford faoliyatini yakunlaganini bilaman, ammo men u bilan yana jang qilishni istayman. Umid qilamanki, revansh bo'ladi. Bu muxlislar uchun ajoyib bo'lardi. Menda har doim reja bor, hech kimni kutib o'tirmayman. Lekin u bilan yana jang qilishni xohlardim", — dedi Alvares The Ring YouTube kanaliga bergan intervyusida.