
Musobaqa co main event'ida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Azamat Nuftillaev qozog'istonlik Aybek Ermetovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahsda Azamat Nuftillaev raqibini ikkinchi raund avvalida texnik nokaut bilan taslim etdi va Octagon League'ning og'ir vazn toifasidagi yangi chempioniga aylandi.