SportUz.Tv

UFC 330 turniri kardiga davogarlik jangi qo'shildi

19.06.2026 11:21    


Rasmni yuklab olish

15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turniri yana bir jang bilan to'ldirildi.

Ayollar eng engil vazn toifasida Erin Blanchfild va Jasmin Yasudavichus o'rtasida o'tkaziladigan davogarlar jangi Liga matbuot xizmati tomonidan rasman elon qilindi. 

2024 yilning mart oyida Erin Blanchfild Manon Fioroga qarshi davogarlik jangida besh raund yakuniga ko'ra ochkolar bo'yicha yutqazib qo'ygandi. Ammo keyin amerikalik hakamlarning yakdil qarori bilan Rouz Namayunasni, bo'g'ish usuli bilan Treysi Kortezni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik poygasiga qaytdi. 

Kanada vakilasi Jasmin Yasudavichus esa o'tgan yili Fioroga texnik nokaut bilan yutqazgan, shundan so'ng Karin Silvani hakamlar qaroriga ko'ra taslim etgandi. 

Ayni paytda Erin Blanchifild hamda Jasmin Yasudavichus tashkilotning eng engil ayollar divizioni reytingida mos ravishda to'rtinchi va oltinchi o'rinlarni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: