SportUz.Tv

Asu Almabaev UFC’da noyob yutuqqa erishdi

29.06.2026 13:54    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonlik eng engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Asu Almabaev 27 iyun kuni Boku (Ozarbayjon) shahrida o'tkazilgan turnirda amerikalik CHarlz Jonsonni muddatidan oldin mag'lub etgandi.

Asu uchinchi raundda raqib oyog'iga kamdan-kam qo'llaniladigan og'riqli usul - "rastyajka Suloeva"ni amalga oshirdi. Bu bilan Almabaev UFC tarixida sabmishenning ushbu turi evaziga g'alaba qozongan to'rtinchi jangchiga aylandi. Ungacha Kenni Robertson, Aljamayn Sterling va Zabit Magomedsharipov xuddi shu og'ritish usulida raqiblarini taslim etgandi. 

Malumot uchun, mazkur usul 2002 yilda britaniyalik Pol Kaxunni birinchi marta taslim bo'lishga majbur qilgan arman-rus jangchisi Amar Suloev sharafiga shunday nomlangan. 2016 yilda Suloev qotillikka suiqasd va qotillikda gumon qilinib, Rossiya tergov hibsxonasida saraton kasalligidan vafot etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: