SportUz.Tv

Rolando Romero o'z kamarini Teofimo Lopesdan himoya qiladi

08.07.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

WBA yo'nalishi yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni Rolando "Rolli" Romero navbatdagi jangini amerikalik mashhur bokschi Teofimo Lopesga qarshi o'tkazadi.

Rasman tasdiqlangan malumotlarga ko'ra, chempionlik jangi 22 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo'lib o'tadi. 

Jangda Romero o'zining WBA chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi.

Romero (17 g'alaba, 2 mag'lubiyat, 13 nokaut) so'nggi marta 2025 yil may oyida Rayan Garsiyani mag'lub etib, WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Keyinchalik hamyurtimiz SHahram G'iyosov, filippinlik Menni Pakyao va AQSH vakili Devin Xeyniga qarshi ehtimoliy janglar muhokama qilingan bo'lsa-da, tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Uning raqibi Teofimo Lopes (22 g'alaba, 2 mag'lubiyat, 13 nokaut) esa joriy yil boshida SHakur Stivensonga imkoniyatni boy berib, WBO chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan. Endi Lopes faoliyatida uchinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylanish imkoniyati uchun ringga chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: