SportUz.Tv

Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"

10.07.2026 16:42    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor va Maks Xollouey jangidan keyin irlandiyalik jangchining kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Agar Konor shanba oqshomida g'alaba qozonsa, hamma narsa bo'lishi mumkin. SHanba kuni kim yutmasin, bu katta g'alaba va faoliyatidagi muhim qadam bo'ladi, ayniqsa hozirgi vaziyatda. Bu ikki jangchi allaqachon sportda hamma narsaga erishgan.

Konor g'alaba qozonsa, xayolimda taxminan beshta scenariy bor. Maks yutsa, unga oid uchta variant mavjud. SHuning uchun bu jang har ikkisi uchun ham juda muhim.

Menga bu sportda yoqadigan jihat — kutilmagan voqealar. Masalan, Oq uyda turnir o'tkazilishini kim kutgandi? Bu sodir bo'lishini kim bilgandi?

Men ham bu jangni kutmaganman. O'tgan yili Konor jang qiladi deb o'ylagandim, ammo u oktagonga chiqmadi. Keyin esa umuman qaytmaydi, deb o'yladim. Bu sportni qiziqarli qiladigan narsa ham shu. Yilning qolgan qismi qanday kechishi haqida tasavvurimiz bor, ammo biz kutmagan voqealar ham ro'y beradi", — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: