
Oqshomning markaziy jangida WBA yo'nalishi bo'yicha superog'ir vazn toifasining yangi jahon chempioni, rossiyalik Murat Gassiev Germaniya vakili Piter Kadiruga qarshi ringga ko'tarildi.
Aslida Gassievga franciyalik Toni Yoka raqib bo'lishi kerak edi, biroq u belidagi jarohat sabab jangdan voz kechgach, uning o'rnini Kadiru egallagandi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangning oltinchi raundida Gassiev raqibini muddatidan avval mag'lub etdi. Bu vaziyatda germaniyalik bokschining murabbiylar shtabi oq sochiq tashlab, jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Dana Uayt Oq uyda UFC turnirining qayta o'tkazilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi
UFC 330 turniri ishtirokchilari janglardan qancha gonorar ishlab olishgani malum bo'ldi