SportUz.Tv

RASMAN! UFC Nursulton Ro'ziboevning keyingi raqibi, jang sanasi va manzilini elon qildi (POSTER)

15.07.2026 13:48    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 5 sentyabr kuni Franciya poytaxti Parij mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi.

32 yashar Nursultonga UFC Paris turnirida angliyalik tajribali Maykl Peyj raqib bo'ladi. Jang o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Qizig'i, Nursulton o'rta vazn toifasidagi UFC reytingida 15, Peyj esa yarim o'rta vaznning kuchli o'n beshtaligida 12-o'rinda qayd etilgan.

Hozircha turnirning markaziy bahsi elon qilinmagan.

Nursulton Ro'ziboev faoliyati davomida hozirga qadar 48 ta jang o'tkazib, 37 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U 27 iyun kuni Baku (Ozarbayjon) mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevni birinchi raundda sabmishen orqali taslim etib, g'alabali seriyasini uchtaga etkazib olgandi.

39 yoshli Maykl Peyj hisobida esa 25 ta g'alaba hamda 3 ta mag'lubiyat bor. U ham oxirgi uchta jangini muvaffaqiyatli nihoyalagan. SHara Bullet, Jared Kannonir va Sem Petterson uning so'nggi "o'ljalari" edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: