SportUz.Tv

UFC sobiq jangchisi Makgregor haqida: "U hammani engishini aytib, besh yil davomida yaxtada ichib yurdi"

15.07.2026 14:54    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq jangchisi Mett Braunning fikricha, ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregor UFC 329 turnirida amerikalik Maks Xolloueyga qarshi revansh jangiga ruhiy jihatdan tayyor bo'lmagan.

"U to'g'ri gaplarni aytdi, o'zini ruhlantirdi va jangga chiqayotganida o'zini juda yaxshi his qilayotgandek ko'rindi. Ammo ich-ichida aytayotgan gaplarini tasdiqlaydigan hech qanday isboti yo'qligini bilardi. 

Sen: "Men hammani enga olaman", deysan, lekin besh yildan beri birorta ham jangda g'alaba qozonmagansan, yaxtada ichimlik ichib yurgansan va oxirgi jangingda ham mag'lub bo'lgansan. Bularning barchasi o'zingga aytayotgan gaplaringga zid. Bu esa asabiylikni yanada kuchaytiradi. Balki u tashqi tomondan o'zini yaxshi his qilayotgandek ko'ringandir, ammo ich-ichidan juda asabiy edi", — deya Braunning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: