
«Jangim bilan bog'liq vaziyat va barcha o'zgarishlarga aniqlik kiritmoqchiman. Hammasi quyidagicha bo'lgan. Menga qo'ng'iroq qilib, Ankalaevga qarshi jangni bir hafta oldinroq o'tkazishni taklif qilishdi. O'sha paytda bir hafta ichida vazn tashlashga ulgurishimga ishonchim komil emasdi. SHuning uchun: "Ha, lekin faqat oraliq vaznda", deb javob berdim. Ankalaev esa oraliq vaznda jang qilishni rad etdi.
SHundan so'ng mashg'ulotga ketdim. Taxminan uch soatdan keyin murabbiylarim bilan maslahatlashib, baribir bir hafta ichida vazn tashlashga ulgurishimiz mumkin, degan qarorga keldik.
Darhol UFC bilan bog'landik. Ammo shu vaqt ichida tashkilot alohida Bogdan Guskovga murojaat qilib ulgurgan ekan. U esa darhol rozilik berib, shartnomani imzolab bo'lgandi. SHu bois bu holat muloqotdagi tushunmovchilik sabab yuzaga keldi.
Men hamon Serbiyada o'tadigan jangimni intiqlik bilan kutyapman. Saboq oldim. Bazida qarorni darhol qabul qilish kerak ekan, ortiqcha o'ylab vaqtni boy bermaslik lozim. Endi nima bo'lgan bo'lsa, shu», — deb yozdi Blaxovich o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?