SportUz.Tv

Iliya Topuriya: "Maxachev bilan uchinchi kamar uchun jang qilgan bo'lardim"

15.07.2026 18:09    


Rasmni yuklab olish

UFC'ning yarim engil va engil vazn toifalaridagi sobiq chempioni Iliya Topuriya amaldagi yarim o'rta vazn chempioni Islom Maxachevga qarshi jang qilish istagini bildirdi.

Malumot uchun, mazkur intervyu Topuriyaning UFC turnirida Jastin Getjiga mag'lub bo'lishidan oldin olingan bo'lib, kecha elon qilindi.

"Men Maxachev bilan uchinchi kamar uchun jang qilgan bo'lardim. Agar Islam yarim o'rta vaznda chempion bo'lib tursa va UFC menga qo'ng'iroq qilsa, bu imkoniyatdan foydalanaman. Agar bunday bo'lmasa, o'z vaznimda qolaman.

G'alaba qozonishimga 100 foiz ishonaman. Men bolaligimdan kurash bilan shug'ullanganman, gilam ustida ulg'ayganman. Maxachevni parterga o'tkazish, nazorat qilish, keyin esa tik turgan holatda u bilan almashish men uchun muammo emas. Uni qanday mag'lub etishni bilaman, boshimda aniq strategiya bor. Uning deyarli barcha janglarini ko'rganman va zaif tomonlarini bilaman. Balki u meni avvalgi raqiblari bilan adashtirayotgandir, ammo men Den Xuker yoki boshqa yigitlar kabi emasman", — dedi Topuriya.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: