SportUz.Tv

Arman Carukyan Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashishi mumkinligini aytdi

16.07.2026 14:15    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Arman Carukyan 2028 yil Los-Anjeles Olimpiadasida Armaniston yoki Rossiya terma jamoasi safida kurash bo'yicha ishtirok etishi mumkinligini malum qildi.

— Arman, hozir sen nafaqat MMA, balki kurash olamining ham eng mashhur shaxslaridan birisan.

— Rahmat, ehtimol kurash paytidagi janjallarim tufaylidir (kuladi). Har bir bellashuv meni ruhlantiradi, motivaciya beradi. Sekin-asta o'zim ham kurashchiga aylanyapman (kuladi). SHuning uchun bir yildan keyin haqiqiy kurashchilar bilan bellashishni boshlayman.


— Arsen Arutyunyan sen 2028 yilgi Olimpiadada qatnashishni rejalashtirayotganingni aytdi...

— Buni nima uchun aytgan ekan? (kuladi). Balki qatnasharman. Avval UFC'dagi barcha ishlarimni yakunlashim kerak. Keyin Armaniston yoki Rossiya chempionatini yuta olsam, qaysi davlat nomidan Olimpiadaga saralanish imkoniyati bo'lishini ko'raman", — dedi Carukyan jurnalist Vyacheslav Abdusalamovga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: