
Jang 12 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo'lib o'tadi. Ushbu to'qnashuv Rayan Garsiya uchun WBC yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarining ilk himoyasi bo'ladi. Rasmiy malumotga ko'ra, oqshom Zuffa Boxing tomonidan tashkil etiladi.
27 yoshli Garsiya professional faoliyati davomida 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba (20 nokaut) va 2 mag'lubiyat qayd etgan. U joriy yil fevral oyida Mario Barriosni mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasida WBC jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Uning raqibi, 29 yoshli Konor Benn hisobida esa 25 g'alaba (14 nokaut) va 1 mag'lubiyat bor.

O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?