SportUz.Tv

Mark Urvanov raqibi SHohjahon Ergashev manziliga "tosh otdi" (VIDEO)

17.07.2026 08:27    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik prof bokschi Mark Urvanov bo'lajak raqibi SHohjahon Ergashevga yana bir bor keskin murojaat qildi.

"SHohjahon juda ko'p gapiryapsan. Sen shunchaki sergapsan va hech narsani isbotlay olmaysan. Qara, mening qancha kamarim bor. Men bularni og'ir janglarda qon va terim evaziga qo'lga kiritganman. Sen kimsan? Kuchsizsan, hatto bokschi ham emassan. Men senga aytganman, sen bokschi emas, raqqossan. Bu jangga bekor rozi bo'lding. Men seni er bilan bitta qilaman", deydi Urvanov.

Ular o'rtasidagi jang 25 iyul kuni "Humo arena" majmuasida o'tkaziladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: