
Musobaqa 17 oktyabr kuni "Rodjers Pleys" arenasida bo'lib o'tadi.
Bundan avvalgi UFC Edmonton turniri 2024 yil noyabrida o'tkazilgan bo'lib, asosiy jangda Brendon Moreno Amir Albaziga qarshi oktagonga chiqqan edi. Kechaning ikkinchi muhim jangida esa Erin Blenchfild va Rouz Namayunas bahslashgan.
2023 yildan buyon UFC Kanadada turnirlar sonini oshirib bormoqda. Turli provinciyalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hozirda Edmonton va Vankuver postkovid davrida eng ko'p UFC turniri qabul qilgan shaharlar hisoblanadi — har ikkisida ikkitadan turnir o'tkazilgan. SHuningdek, Toronto, Monreal va Vinnipegda ham bittadan UFC turniri tashkil etilgan.
Qozog'istonlik Jahon chempioni Janibek Alimxanuli boshqa vaznga o'tayotganini elon qildi