SportUz.Tv

Usik: "Men erkinman, ammo hali ham chempion bo'lib qolaveraman"

20.07.2026 18:48    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usik chempionlik kamarlaridan voz kechganidan keyingi hissiyotlari haqida gapirdi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman. Men erkinman. Mashg'ulotlarda davom etyapman, faoliyatimni davom ettiryapman. Oldimizda keyingi qadam bo'yicha ikki variant bor.

Kamarlarni vakant qoldirganimning ertasi kuni uyg'ondim va: “Qanday ajoyib kun”, deb o'yladim. Odamlar mendan: “Endi sen chempion emasmisan?” deb so'rashadi. Men esa: “Yo'q, men hamon chempionman. Kamarlarni bo'shatish chempionlik maqomini yo'qotish degani emas”, deb javob beraman.

Endi menda ko'proq vaqt bor. Majburiy himoyalar haqida o'ylashim shart emas. Oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishni xohlayman. CHunki uzoq yillar ulardan yiroqda mehnat qildim.

Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham sportda qolaman. Boks, futbol va umuman sport biznesi sohasida ishlashni rejalashtiryapman", — dedi Usik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: