SportUz.Tv

SHakur Stivenson Czyu - Spens jangi uchun qatiy bashorat berdi

20.07.2026 19:18    


Rasmni yuklab olish

WBO va The Ring yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni SHakur Stivenson Tim Czyu hamda Errol Spens o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Errol bu ishni uddalaydi. Unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Errol ringga chiqib, Tim Czyuni ayovsiz mag'lub etishini xohlayman.

Men Errol Spensning muxlisiman. Krouford bilan jangidan ancha oldin ham munosabatlarimiz yaxshi bo'lgan. Uning muvaffaqiyat qozonishini istayman.

Tim Czyu Errolni mag'lub eta oladi deb o'ylamayman. Men Errolni yaxshi bilaman — u ruhan kuchli, haqiqiy jangchi. Tim uni yuta olishiga ishonmayman", — dedi Stivenson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: