SportUz.Tv

Bogdan Guskov: Ankalaev yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli jangchi

22.07.2026 13:45    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaevga yuqori baho berib, uni yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli jangchi deb atadi.

«Ankalaev — divizionimizdagi eng kuchli jangchi. Uning Pereyraga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga kelsak, bu shunchaki omadsiz kun edi. Magomed hali ham xavfli va juda kuchli jangchi bo'lib qolmoqda. SHuning uchun ham bir raqibi vazn tashlashi kerakligini aytadi, boshqasi esa parvoz juda uzoqligini bahona qiladi. Yana biri kino ko'rish va sohilga borishni istaydi. Menga esa raqibning nomi va jang o'tkaziladigan joyning o'zi kifoya. Men hayotimni o'zgartirishga harakat qilaman», — dedi Guskov MMA Junkie YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Magomed Ankalaev hamda Bogdan Guskov o'rtasidagi jang 25 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turniri doirasida tashkil etiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: