SportUz.Tv

Bogdan Guskov: "Ankalaev bilan jang hayotimni o'zgartirishi mumkin"

22.07.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskovning takidlashicha, UFC Fight Night 282 turnirida Magomed Ankalaevga qarshi bo'lib o'tadigan jang uning hayoti va faoliyatini tubdan o'zgartirishi mumkin.

SHuningdek, u rossiyalik sportchini yarim og'ir vazn toifasidagi eng kuchli raqib deb atadi.

«Yaxshi yangilikni qabul qilish uchun menga vaqt kerak emas. Menejerim Magomed bilan jang qilish imkoniyati paydo bo'lganini aytganida, darhol: “Balkim, aynan shu jang mening faoliyatim va hayotimni o'zgartirar”, dedim.

Biz tayyorgarlik yig'inini uch raundlik jang uchun olib bordik. Endi besh raundda nima bo'lishini ko'ramiz. Bu men uchun ilk bor besh raundlik jang bo'ladi.

Ankalaev bilan jang men uchun Blaxovichga qarshi jangdan ham qiziqroq. Magomed reytingda birinchi o'rinda turibdi. Bu mening kim ekanimni ko'rsatib beradigan haqiqiy sinov. Men 33 yoshdaman, kutib o'tira olmayman. Menga faqat katta nom va imkoniyat kerak», — dedi Guskov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: