SportUz.Tv

Furqatbek Yoqubov: "Har bir Ligaga nom va chempion kerak"

05.09.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik taniqli MMA ustasi Furqatbek Yoqubov navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.

"Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Raqibimiz ham yaxshi. Ko'pchilik 2 ta jangdan keyin chempionlik kamariga jang qilyapti, deb hayron qolishyapti. Bu fikrga ham qo'shilaman, ham yo'q. Liga beshinchi turnirini o'tkazyapti. Har bir Ligaga nom kerak, chempion kerak. Bazi Ligalar birinchi turniridayoq kamar uchun jang o'tkazadi. 57 kg vazn toifasida ikkita jang kam hisoblanmaydi. Menda raqib bor, sana bor. Eng muhimi shu", deya o'z fikrini bildirdi Yoqubov sportuz.tv Bosh muharriri Kamoliddin Alimov bilan suhbatda.

Malumot uchun, Furqatbek 26 sentyabr kuni Mangu 5 turnirining markaziy jangida Rossiya vakili Ramazan Gairbekovga qarshi o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bahs olib boradi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: