
O'z avlodining og'ir vazn toifasidagi asosiy yulduzlaridan biri bo'lgan amerikalik bokschining raqibi birinchi og'ir vazn toifasida Zuffa Boxing chempioni avstraliyalik Jey Opetayya bo'ladi.
Bu haqda tadbir promouterlaridan biri bo'lgan UFC va Zuffa Boxing rahbari Dana Uayt rasman malum qildi.
Malumot uchun, Deontey Uaylder so'nggi jangini joriy yilning aprel oyida o'tkazgandi. O'shanda u Londondagi prof boks turnirida britaniyalik Derek CHisorani hakamlarning alohida qarori bilan mag'lub etgan edi.
Jey Opetayya esa sentyabr oyida Zuffa Boxing chempionlik unvonini Noel Mikaelyanga qarshi muvaffaqiyatli himoya qilgan va to'qqizinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
