
"Men bir narsani tushunib olmoqchiman! Hammangiz mening qaytishimni va jang qilishimni shunchalik xohlaysizlar, shunday emasmi? Jeron Ennis, agar faoliyatimni qayta tiklasam, navbatdagi jangda men bilan kuch sinasharmiding?", — deb yozdi Krouford X ijtimoiy tarmog'ida.
Terens Krouford 38 yoshda. Amerikalik bokschi professional faoliyatini 2008 yilda boshlagan. U engil (61,2 kg gacha), birinchi yarim o'rta (63,5 kg gacha), yarim o'rta (66,7 kg gacha), birinchi o'rta (69,9 kg gacha) va ikkinchi o'rta (76,2 kg gacha) vazn toifalarida jahon chempioni bo'lgan.

Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?