SportUz.Tv
iks
ads

Peddi Pimblett keyingi jangini 2027 yil bahorida o'tkazishi mumkin

17.10.2026 14:45    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC vakili Peddi Pimblett agar joriy yil oxirigacha oktagonga qaytmasa, navbatdagi jangini 2027 yil mart yoki aprel oyida o'tkazishi mumkinligini aytdi.

Britaniyalik jangchi hozircha keyingi raqibi va jang sanasi bo'yicha aniqlik yo'qligini malum qildi.

"Hozircha nima bo'layotganini bilmayman. Kutib, ko'rishimiz kerak. Balki divizionimdagi barcha jangchilar band bo'lib qolar", — dedi Pimblett All Out Fighting kanaliga bergan intervyusida.

Uning takidlashicha, CHarlz Oliveyra Diego Lopes bilan jang qiladi, Arman Carukyan Jastin Geyjiga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirmoqda, Maks Xollouey esa Konor Makgregor bilan trilogiyani yakunlash imkoniyatini kutmoqda.

"SHunday qilib, faqat Iliya Topuriya qolayotgandek. Kelgusi bir necha oyda vaziyat qanday rivojlanishini ko'ramiz. Lekin men boshqa hech qachon yanvarda jang qilmayman. Agar yil oxirigacha jang o'tkazmasak, keyingi jang mart yoki aprelda bo'ladi", — deydi Pimblett.

Peddi Pimblett so'nggi jangini iyul oyida UFC 329 turnirida Benua Sen-Deniga qarshi o'tkazib, birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: